
Hindistonda shaxmat olimpiadasi boshlandi
Bugun Hindistonning Chennay shahrida navbatdagi shaxmat olimpiadasi boshlanadi.
Ochiq turnirning birinchi bosqichida 14-o‘rinni egallab turgan O‘zbekiston terma jamoasi Nepal (107) terma jamoasiga qarshi bahs olib boradi.
Ayollar terma jamoasi (reytingda 46-o‘rin) musobaqani Gana (128)ga qarshi o‘yin bilan boshlaydi.
Har bir uchrashuv to‘rtta o‘yindan iborat bo‘lib, unda jamoalar vakillari bir-biriga qarshi o‘ynaydi. Hammasi bo‘lib har bir jamoa 11 tadan o‘yin o‘tkazadi.
Hindiston mezbonligida o‘tayotgan shaxmat olimpiada 9 avgustga qadar davom etadi.
Fikrlar