"Hech qachon jamoani tark etish to‘g‘risida hatto o‘ylab ham ko‘rmaganman" - "Paxtakor"ga o‘tgan Adhamzodaning "Neftchi" muxlislariga murojaati

  • 22 dekabr, 2023, 00:17
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Neftchi" klubi himoyachi Umar Adhamzodani "Paxtakor"ga transfer qildi. Futbolchi ushbu voqelikdan so‘ng farg‘onalik muxlislarga o‘z murojaatini yo‘lladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Tecno

- Assalomu Alaykum hurmatli "Neftchi" jamoamiz muxlislari! Barcha muxlislarga katta raxmat aytmoqchiman! Jamoadagi to‘rt yillik faoliyatim davomida klubda juda katta o‘sishga erishdim! Buning uchun klub raxbariyatiga, murabbiylar shtabiga, klub xodimlariga raxmat aytaman, bundan tashqari bizni doimiy yaxshi kunda ham yomon kunda ham birdak qo‘llab- quvvatlagan muxlislarimizga tashakkur izhor qilaman, "Neftchi" mening uyimga aylandi!

photo_2023-03-18_22-39-53 (2)

“Neftchi”ni tark etish hayotimdagi eng muhim va og‘ir qaror bo‘ldi. Hozir men uchun doim tushunarli bo‘lgan bir narsani ochiq tan olaman, men “Neftchi”da o‘tgan har lahzamdan zavq olardim. Hech qachon jamoani tark etish to‘g‘risida hatto o‘ylab ham ko‘rmaganman.

Jamoani tark etishimdan avval yana bir bor o‘tgan har lahzada bizni qo‘llab-quvvatlaganingiz uchun o‘z minnatdorchiligimni izhor qilaman.

Xudo hohlasa, albatta, yana qachondir jamoada yana o‘ynayman! "Neftchi" jamoasiga omad va zafarlar tilayman, ko‘rishguncha deb qolaman!, - deya fikrlarini bayon qildi futbolchi.

photo_2023-05-16_10-19-55 (2)

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!