
Hayajonli onlar yaqin! Eronga qarshi muhim bahsga kam vaqt qoldi
"JCh-2026" saralashi Osiyo mintaqasida 3-tur uchrashuvlari boshlanish arafasida.
Mazkur turda O‘zbekiston terma jamoasini Eronga qarshi o‘yin kutib turibdi. "A" guruhining etakchilari o‘rtasidagi bellashuv 10 oktyabr kuni soat 19:00da start oladi. O‘yin Toshkentdagi "Bunyodkor" stadionida o‘tkaziladi.
Ta’kidlash kerak, ayni vaqtda 6 ochkodan to‘plagan O‘zbekiston hamda Eron "A" guruhida qo‘shhokimlik qilmoqda.
Fikrlar