Hasanboy Do‘smatov jahon chempionatini g‘alaba bilan boshladi

  • 4 may, 2023, 19:05
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Toshkentdagi "Humo arena"dagi boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionati davom etmoqda.

Tecno

Toshkent vaqti bilan 18:55 dan so‘ng (-51 kg) Hasanboy Do‘smatov meksikalik Alberto Ximenesga qarshi ringga ko‘tariladi. 

Bokschilar ringga chiqib keldi. Hamyurtimiz ko‘k libosda, unig raqibi qizil formada harakat qiladi. 

Birinchi raund boshlandi.

Hasanboy ilk soniyalardayoq raqibini nokdaun holatiga tushirdi. Hisob ochildi. Bokschi jangni davom ettirishini bildirdi.

Hasanboy ring markazini egalladi. Hamyurtimiz raqibning qorin qismiga zarbalar yo‘lladi. Endi esa aylanma zarbasini o‘tkaza oldi vakilimiz. O‘z navbatida Alberto Ximenes ham zarbalar berishni boshladi. Ammo Hasanboy uning harakatlarini zararsizlantirmoqda. 

Birinchi raund yakunlandi. Hakamlar Hasanboyning ustunligini qayd etishdi 5:0.

hasanboy

Ikkinchi raund boshlandi. 

Do‘smatov yakkalik aniq va kuchli zarbasi bilan meksikalik bokschini muvozanatdan chiqarishga urinmoqda. Hasanboy aniqlikka e’tibor qaratyapti. Hamyurtimiz yaxshi himoyalanmoqda. Alberto Ximenes qarshi hujumlarni o‘tkazib yubormoqda. Hasanboy o‘ng qo‘ldagi kuchli zarbasini o‘tkazishga urinmoqda. 

Ikkinchi raund yakunlandi. Hakamlar Hasanboyning ustunligini qayd etishdi 4:1.

Uchinchi raund boshlandi. 

Hamyurtimiz raqibni uzoqlashtirib, yakkalik zarbalari yo‘llamoqda. Chunki uning raqibi ikki raunddagi boy berilgan ochkolar o‘rnini to‘ldirish uchun oldinga o‘tishi aniq. Vakilimiz uchlik zarbasini aniq yo‘lladi. O‘zi ham jeb zarbasini o‘tkazib yubordi. Bu raundni Hasanboy sustroq o‘tkazdi.

Uchinchi raund tugadi. Hakamlar yana Hasanboyning ustunligini qayd etishdi 4:1. Yakuniy hisob 5:0 Hasanboyning ishonchli g‘alabasi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!