
Har bir jamoada norozi o‘yinchilar bo‘ladi
“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Erik ten Xag jamoasida ichki muhit joyida ekani va katta muammolar yo‘qligini ta’kidlamoqda.
- Har bir jamoada etarli o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayotganidan norozilik bildiradigan futbolchilar bo‘ladi. Bu normal holat.
Ba’zi holatlarda bu foyda keltiradi. O‘yinchilar o‘zlariga beriladigan imkonni kutishlari kerak.
Men jamoamda katta muammolar bor, deb o‘ylamayman, - dedi Erik ten Xag.
Ta’kidlash joizki, keyingi paytda “Manchester Yunayted” futbolchilari bosh murabbiyning o‘yinchilarga qilayotgan munosabati, uning mashg‘ulotlar jarayonini olib borishi, o‘yinda qo‘llayotgan uslublari ularga ma’qul kelmayotganidan shikoyat qilayotgani haqidagi xabarlar ko‘payib ketdi.
Fikrlar