Hali Sanchoni kechirmagan Erik ten Xagning yana bir futbolchi bilan munosabati buzildi

  • 12 noyabr, 2023, 12:09
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” Erik ten Xag bosh murabbiy etib tayinlanganidan keyin futbolchilar bilan munosabati buzilgan holatlar ko‘p kuzatilyapti.

Tecno

Xususan, niderlandiyalik mutaxassis Krishtianu Ronaldu, Harri Maguayr, Jeydon Sancho bilan kelisha olmay qolgan vaziyatlar bo‘ldi.

Endi navbat Rafael Varanga keldi. Frantsiyalik markaziy himoyachi keyingi paytda asosiy tarkibga kirishi qiyinlashib qoldi. Ekspertlarning ta’kidlashicha, Erik ten Xagning tajribali o‘yinchiga etarli darajada o‘yin amaliyoti bermayotgani Varan bilan munosabatlar taranglashishiga sabab bo‘lgan.

Varan manchesterliklar safida 2021 yilning yozidan beri to‘p tepmoqda. “Yunayted” rahbariyati himoyachi uchun “Real”ga 40 million evro miqdorida badal puli to‘lagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!