Hakamlarimiz U-23 Osiyo chempionati saralash uchrashuvlarini boshqarishadi

  • 14 mart, 2019, 11:18
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO
Xabaringiz bor, shu yilning 22-26 mart kunlari U-23 Osiyo chempionati saralashidan o‘rin olgan uchrashuvlar bo‘lib o‘tadi. O‘zbekistonlik bir qator hakamlar mazkur o‘yinlarni boshqarib borish uchun taklif olishgan.

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra Aziz Asimov va Ruslan Serazetdinov Saudiya Arabistonida bo‘ladigan saralashda ishtirok etishadi. Timur Gaynullin Myanmadagi saralash o‘yinlarini boshqarib boradi. Sherzod Qosimov va Alisher Usmonov Vetnamga yo‘l olishadi. Valentin Kovalenko esa Bahreynda bo‘ladigan saralash bahslariga taklif etilgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi ham U-23 Osiyo chempionati saralashidan o‘rin olgan bahslarda ishtirok etadi. Saralash o‘yinlari Toshkentda bo‘lib o‘tadi. Olimpiya terma jamoamizga Hindiston va Tojikiston terma jamoalari raqiblik qilishadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!