
Gyundogan: Gvardiola boshqalar ko‘rmagan narsani ko‘radi
"Manchester Siti"ga qaytgan Ilkay Gyundogan dunyoning eng yaxshi murabbiyi deb hisoblaydigan Pep Gvardiolani yana maqtadi. Nemis yarim himoyachisi ispaniyalik mutaxassisni nega bunday hisoblashini tushuntirdi.
"Jamoaga qayta qo‘shilish juda yoqimli va juda oson bo‘ldi. Chunki tarkibdagi futbolchilarni yaxshi bilaman. Menga “Manchester Siti”ning energiyasi yoqadi, ularning ko‘pini sog‘indim. Men huddi uyga qaytgandek bo‘ldim va hamma narsa juda tez sodir bo‘ldi. Gvardiolaning asosiy ustunligi? Raqiblar uning rejalarini o‘qiy olmasligiga ishonch hosil qilish uchun u har mavsum o‘z yondashuvini o‘zgartiradi. U shuningdek, mayda detallargacha nihoyatda e’tiborli, boshqalar ko‘rmagan narsani ko‘radi", - deya Gundo‘g‘anning so‘zlarini keltiradi pianetamilan.it.
Fikrlar