Gyundogan "Barselona"ning EChLdagi imkoniyatlarini baholadi

  • 20 fevral, 2024, 21:59
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ilkay Gyundogan "Barselona"ning Chempionlar ligasida g‘alaba qozonish imkoniyatlarini baholadi. 

1/8 finalning doirasida kataloniyaliklar "Napoli"ga qarshi maydonga tushadi. Bellashuv 21 fevral oqshomida bo‘lib o‘tadi. 

"Ochig‘ini aytsam, ko‘proq imkoniyatlar va tajribaga ega jamoalar bor. Biroq chorak finalga chiqsak, imkoniyatlarimizni yaxshilab olamiz. O‘tgan yili "Inter" finalga chiqishini kim kutgan edi? Men realistman, lekin ushbu bosqichga etib borish hamma uchun qiyin ekanligini bilaman. 

Biz imkonimiz boricha o‘ynaymiz va yaxshiroq natija qila olamiz. Juda ko‘p qiyinchiliklarni boshdan kechirdik - jarohatlar va yosh futbolchilar bosim ostida qoldi", - dedi "ko‘k-anorranglilar" yarim himoyachisi. 


Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!