
Gvardiolaning yana bir shogirdi unga qarshi yohud "Byornli" Premer-ligaga qaytdi
"Byornli" 1 yildan so‘ng yana Premer-ligaga qaytdi.
Chempionshipning 40-turidan o‘rin olgan "Midlsbro" - "Byornli" bahsi bo‘lib o‘tdi. Ushbu matchda mehmonlar 2:1 hisobida raqibni mag‘lub qilib, yana bir 3 ochkoni qo‘lga kiritdi. Mazkur g‘alaba "to‘q-qizillar" uchun muhim hisoblanadi. Sababi, klub ochkolari sonini 87 taga etkazib, turnir jadvalida birinchi o‘rinda bormoqda. Reglamentga ko‘ra, yuqoridagi 3 ta jamoa APLga yo‘l olishi mumkin. 3-o‘rindagi "Luton" bilan 20 ochkolik farq bor. Bu esa muddatidan avval "Byornli"ni Premer-ligaga qaytganini bildiradi.
Vensen Kompani mavsum boshida jamoani qabul qilib oldi. U ikki yil "Anderlext"da ishlab, Angliya klubini boshqarish taklifini qabul qildi.
Fikrlar