
Gvardiola "Yunayted"ga qarshi o‘yin haqida: Ko‘plab xatoga yo‘l qo‘ydik
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola APLning 9-turi doirasida "Manchester Yunayted" ustidan qozonilgan g‘alaba (6:3) haqida fikr bildirdi.
"Biz samarali harakat qildik va ko‘plab gollar urdik, ammo baribir o‘z darvozamizdan to‘p olib chiqishga majbur bo‘ldik, xatolarga yo‘l qo‘ydik. Biz o‘z o‘yinimizga yanada qo‘shishimiz kerak. Biz oddiy narsalarda xatoga yo‘l qo‘ymoqdamiz. O‘ylaymanki, bundan ham yaxshiroq harakat qilishimiz ham mumkin", - deya Gvardiolaning so‘zlarini keltiradi "Sky Sports".
"Siti" 20 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida faqat "Arsenal"dan (21 ochko) ortda qolgan holda, ikkinchi o‘rinda bormoqda. "Manchester Yunayted" 12 ochko bilan oltinchi o‘rinni band etgan.
“Shaharliklar” keyingi turda 8 oktyabr kuni “Sautgempton”ga qarshi o‘tkazadi.
Fikrlar