
Gvardiola Xolandni olishda Sulsherdan foydalanadi
“Manchester Siti” yozgi transferlar vaqtida “Borussiya” hujumchisi Erling Xolandni olishiga ishonmoqda. Bunda ularga “Manchester Yunayted”ning maqsadi qo‘l kelishi aytilmoqda.
Gap shundaki, Sulsher hamon dortmundliklardan Jeydon Sanchoni olish fikridan qaytgani yo‘q. Agar bu transfer amalga oshsa, ingliz futbolchining transfer huquqining 15 foizini o‘zida saqlab qolgan “Manchester Siti” yaxshigina ulush oladi.
Ayni paytda Sanchoning transferi 120 million funtga baholanmoqda. Demak, “Siti” bu transferdan 15 million funtdan ko‘proq ulush oladi. “Shaharliklar” rahbariyati “osmondan tushadigan” bu mablag‘ni Gvardiola o‘z shogirdlari orasida ko‘rishni istayotgan Erling Xoland transferiga yo‘naltiradi.
Ma’lumki, yozda Erling Xolandning shartnomasida uni 75 million evroga xarid qilish mumkinligi ko‘rsatilgan maxsus band kuchga kiradi.
Fikrlar