Gvardiola “Siti”ni yana engilmas jamoaga aylantiradigan futbolchi topdi

  • 20 aprel, 2024, 14:21
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” avvalgi mavsumlardan farqli o‘laroq, bu gal Premer-ligada katta ustunlikka ega bo‘la olmayapti.

Tecno

Shuning uchun ham bosh murabbiy Xosep Gvardiola tarkibni kuchaytirishga e’tibor qaratdi.

The Guardian nashri ispaniyalik mutaxassis jamoa o‘yinini keskin kuchaytira oladigan o‘yinchi sifatida “Bavariya” hujumkor futbolchisi Jamol Musialani tanlaganini yozmoqda.

Gvardiola oldingi chiziqda katta ustunlikka ega bo‘lishni istaydi va bu xususiyatni aynan myunxenliklar yulduzi ta’minlab berishi kerak.

“Bavariya” asosiy o‘yinchilaridan birini osonlikcha qo‘yib yubormaydi. Bundesliga jamoasi Musiala uchun katta miqdorda badal puli talab qiladi. Chunki hozirning o‘zida Transfermarkt portali ekspertlari 21 yoshli futbolchini 110 million evroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!