
Gvardiola: Riko istalgan pozitsiyada o‘ynay oladi
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoa yarim himoyachisi Riko Lyuisning ko‘p qirraliligi haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
“Riko Lyuis har qanday pozitsiyada o‘ynay oladi. U juda aqlli! 20 nafar o‘yinchidan so‘rang: sizning pozitsiyangiz qanday? Ular javob beradi: men himoyachi, yarim himoyachi, vinger... Riko futbol o‘ynaydi! Agar siz uni ma’lum bir pozitsiyaga qo‘ysangiz, u nima qilishi kerakligini aniq bilib oladi”, - dedi ispaniyalik mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, Riko Lyuis 2022/2023 yilgi mavsumda "Bornmut" bilan o‘yinda debyut qilgan. O‘shanda yarim himoyachi zaxiradan maydonga tushgan va o‘yin "Manchester Siti"ning 4:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangandi. Lyuisning “shaharliklar” bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilgacha mo‘ljallangan.
Fikrlar