
Gvardiola PSJ o‘yinchisini tekinga olib ketadi
“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola “Pari Sen-Jermen”ning iqtidorli o‘yinchisi Maxamadu Sangareni o‘z tarkibiga qo‘shib olmoqchi.
RMC Sport nashrining yozishicha, “shaharliklar” kelajagi porloq deya baholanayotgan 18 yoshli hujumchiga besh yillik shartnoma taklif qilmoqda.
Manbaning ta’kidlashicha, bir necha kundan keyin Sangarening parijliklar bilan hamkorlik bitimi nihoyasiga etadi. Manchesterliklar bundan unumli foydalanib, uni erkin agent sifatida bepul tarkibga kiritishni urinyapti.
PSJ bosh murabbiyi Luis Enrike Sangareni umuman asosiy tarkibga jalb qilmadi va unga o‘zini ko‘rsatish uchun imkon bermadi. Shu tufayli yosh o‘yinchini klub bilan kelajagini bog‘lamadi va omadini Angliya tomonlarda sinab ko‘radi.
Fikrlar