
Gvardiola MYuni tanlagan Ronaldu haqida fikr bildirdi
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola MYu safiga ko‘chib o‘tgan Krishtianu Ronaldu haqida fikr bildirdi.
"Xafa bo‘lish noto‘g‘ri, deb o‘ylayman. Bizning o‘z tarkibimiz bor. Klubga kelganimdan buyon menga eng yaxshi futbolchilarni olib berganliklari uchun minnatdorchilik bildiraman. Biz xafa bo‘lmaymiz.
Ronalduning Angliyaga qaytgani juda yaxshi. Bu Premer-liga uchun xushxabar",-dedi Gvardiola "BT Sport" telekanaliga bergan intervyusida. Eslatib o‘tamiz, Krishtianu "Yuventus"dan "qizil iblislar" safiga kelib qo‘shildi va 2 yillik shartnoma imzoladi.
Krishtianu 2003-2009 yillar oralig‘ida ham "Old Trafford" sharafini himoya qilgan. Bu vaqt oralig‘ida u 292 uchrashuvda 118 gol va 69 assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan.
Fikrlar