
Gvardiola murabbiy sifatida yubiley g‘alabasini qo‘lga kiritdi
Angliya premer-ligasining 26-turida “Manchester Siti” o‘z maydonida “Vest Xem” (2:1) ustidan g‘alaba qozondi.
E’tiborlisi, bu “shaharliklar” ustozi Xosep Gvardiolaning Evropa kuchli beshlik chempionatlarida murabbiy sifatida qozongan yubiley 500-g‘alabasi bo‘ldi.
Ispaniyalik mutaxassis ushbu g‘alabalarning 200 tasini “Manchester Siti” bilan, 179 tasini “Barselona” bilan va 121 tasini “Bavariya” bilan qo‘lga kiritgan.
Fikrlar