Gvardiola Husanovga qanday talablar qo‘ydi?

  • 27 sentabr, 09:56
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Hozirgi “Manchester Siti”ning eng nozik nuqtasi o‘ng qanot himoyasi hisoblanadi. Xosep Gvardiola anchadan beri tarkib tanlashda bu pozitsiyani yopishga qodir o‘yinchi topishga qiynalib kelayotgan edi.

Tecno

Ilgari himoyaning o‘ng qanotida Kayl Uoker o‘ynagan.  Angliyalik futbolchi “Etixad” arenada sakkiz yil to‘p tepdi. Bu muddat ichida u 319 ta uchrashuvda ishtirok etib, jamoa bilan 18 ta sovrin yutdi, Angliya Premer-ligasi tarixidagi eng zo‘r qanot himoyachilardan biri sifatida e’tirof etildi.

Kayl Uoker yanvarda klubni tark etganidan keyin uning o‘rnida asosan Mateush Nunesh va Riko Lyuis o‘ynab kelayotgan edi. Joriy mavsumning boshidagi uchrashuvlarda bu himoyachilarning xatosi jamoaning ikki mag‘lubiyatiga sabab bo‘ldi. Shundan keyin Xoser Gvardiola bu pozitsiyaga asli markaziy himoyachi bo‘lgan Abduqodir Husanovni qo‘ydi.

O‘zbek futbolchisi “Manchester Yunayted”, “Napoli” va “Arsenal”ga qarshi uchrashuvlarda o‘ng qanotda zo‘r o‘ynab berdi, muxlisu mutaxassislar uni Kayl Uokerning o‘rnini bosishga qodir o‘yinchi ekanini tan oldi.

Xosep Gvardiola “Manchester Siti”ning rasmiy sayti – mancity.com xodimlari bilan suhbatda o‘ng qanot himoyachisi qanday o‘ynashi haqida fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdi.

- Hozirgi o‘yinchilarimiz xuddi Kayl Uokerga o‘xshab o‘ynashi kerakmi? Yo‘q, albatta. Chunki Kaylning ko‘nikmalari o‘ziniki, boshqalar esa, o‘zlariga tegishli mahoratga ega.

Menga qolsa, ilgari bizga juda ko‘p yordam bergan avvalgi o‘yinchilarning barchasini ham jamoada qolishini istagan bo‘lardim.  Lekin futbol shunaqa. Kimdir ketishni xohlasa, klubda qolmoqchi bo‘lmasa, biz nima ham qila olardik?

Bizda o‘z karerasini qurayotgan boshqa o‘yinchilar bor. O‘z ishinshizni bajaring, mahorat va ko‘nikmalaringizni ishga soling, professionallardek yashang, har hafta bitta yoki uchta uchrashuvda qatnashing – mana shularning klubning talabi.

Abduqodir Husanov, Mateush Nunesh va Riko Lyuis shu klubda o‘z faoliyatini qurib, uni rivojlantirib borishi kerak.

Jamoada uzoq muddat o‘ng qanotni egallab kelgan Kayl Uokerning o‘rnini bosish juda og‘ir, albatta. Chunki u sakkiz yil davomida bir mavsumda 55-60 ta uchrashuv o‘tkazgan paytlar bo‘lgan. Sovrinlar yutganmiz, biroq bu faqat Kayl tufayli bo‘lmagan. Uning o‘rnini to‘ldirish  qiyin, lekin klub shunday qilishi kerak.

Husanovning o‘ng qanotdagi o‘yini haqida nima deyishim mumkin. Abduqodir qanotda yaqinda o‘ynay boshladi va men uning harakatlaridan qoniqyapman. Bu pozitsiyada Mateush Nunesh, Riko Liyus va Jon Stounz ham o‘ynashi mumkin. Bu nuqtai nazardan hammasi joyida, ammo klub o‘ng qanot himoyasiga yangi ijrochi qidiryaptimi yoki yo‘q, bunisini bilmayman, - dedi Xosep Gvardiola.

Abdqodir Husanov 2025 yilning 20 yanvaridan kelganidan beri barcha turnirlarda 15 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga bitta gol ham yozdirib qo‘ygan. Joriy mavsumdan e’tiboran, 21 yoshli himoyachimiz Xosep Gvardiola jamoasida asosiy tarkib o‘yinchisiga aylandi.

Gvardiola: Husanovni kutmang!

​“Qoya”, “Jangchi” yoki “Afsungar”: Husanovning Angliyada yana qanday laqablari bor?

Fanatlar talabi: Husanovni “Barsa”ga olib keling!

Husanov qachon maydonga qaytishining aniq sanasi e’lon qilindi!

Fanatlar Husanovdan mo‘’jiza kutyapti!

“Siti” Husanovsiz o‘ynashni o‘rganishi kerak

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!