Gvardiola Husanovga eng katta talabni qo‘ydi! Uni tez bajarish kerak...

  • 25 yanvar, 00:05
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya Premer-ligasi jahon futbolida eng murakkab, shiddatli, murosasiz liga sifatida e’tirof etilgan. Joriy mavsum “Manchester Siti” ko‘rsatkichlarida sezilarli pasayish kuzatildi. Xosep Gvardiola bu inqiroz echimini uzoq yillar davomida aytarli darajada o‘zgarmagan asosiy tarkibni yangilashda ko‘rdi. Klub rahbariyati uni qo‘llab-quvvatladi.

Tecno

Buning samarasida manchesterliklar yanvar oyida uchta katta transferni amalga oshirib, markaziy himoyaga “Lans”dan Abduqodir Husanov, “Palmeyras”dan Vitor Reys, “Ayntraxt” to‘purari Umar Marmushni olib keldi. Uch transferga 120 million funt sterlingdan oshiqroq mablag‘ to‘landi.

Ta’kidlash joizki, klub qishki transferlar oynasi yopilguniga qadar yana yangi ijrochilarni olib kelish bo‘yicha ishlarni davom ettirmoqda.

Angliya chempionligini ketma-ket to‘rt marotaba qo‘lga kiritgan yagona jamoa sifatida tarixga kirgan “Manchester Siti” o‘yinchisiga aylangan Abduqodir Husanovni bu yog‘iga katta sinovlar kutib turibdi.

Inglizlar o‘ta talabchan muxlislar toifasiga kiradi. Birinchi navbatda, Abduqodir Husanov yang jamoasida o‘z o‘yinlari bilan “shaharlik” fanatlarning ishonchini va mehrini qozonishi talab etiladi.

Bir so‘z bilan aytganda, 20 yoshli himoyachimizning hayoti va professional faoliyatida yangi bosqich boshlandi.

Bugungi kunda Abduqodir Husanovning Angliya chempionatida o‘ynab keta olishi eng dolzarb va hammaning diqqat-markazida turgan masalaga aylanib ulgurgan.

“Shaharliklar” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Abduqodir Husanov haqida iliq fikrda. Biroq, o‘zbek futbolchisi tez hal qilishi kerak bo‘lgan masala ham bor. Ispaniyalik mutaxassis buni o‘zbek legionerimiz haqida fikr bildirgan paytda qo‘shib o‘tdi.

- Abduqodir Husanov jamoaga tez moslashib ketdi, chunki u Frantsiya ligasida o‘ynagan, shiddatli va tezkor o‘yinchilarga qarshi harakat qilish tajribasi bor.

Biroq, o‘zbek futbolchisi inglizchada ham, frantsuz tilida ham erkin va yaxshi gaplasha  olmaydi. Shu bois, o‘zaro muloqot tez orada hal qilishimiz kerak bo‘lgan masalardan biri hisoblanadi, - dedi Xosep Gvardiola.

Ta’kidlash joizki, Abduqodir Husanov professional faoliyati tez rivojlanayotgan o‘yinchilarimizdan hisoblanadi. O‘zbekiston Superligasida biror marotaba maydonga tushmagan 20 yoshli himoyachimiz Belarus va Frantsiya chempionatlarida nom qozondi.

Endi Husanov zamonaviy futbol vatani hisoblangan Angliyani zabt etishi kerak.

Tabiiyki, Xose Gvardiola ham qimmat – 50 million evroga olingan o‘zbek futbolchisiga o‘zini ko‘rsatish uchun etarlicha imkon beradi. Muhimi, Abduqodir bundan unumli foydalanib qolishi shart. Hamyurtimiz salohiyatini va imkoniyatlarini inobatga olgan holda, bu ishni uddalashiga umid bildirib qolamiz.

Husanovni nega ikki baravar ko‘p pul berib bo‘lsa ham olib kelmading!

Gvardiola Husanov qachon debyut qilishini aytdi! 

Husanovning Gvardiolani hayratga solgan uchta sifati aytildi!

Shomurodov jamoasida oxirgi imkon qoldi!

Husanovning transferi o‘zbek futbolchilari uchun Evropaga yo‘l ochadimi?

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!