Gvardiola: “Endi ustiga ustak Xusanov ham jarohat oldi”
"Manchester Siti" APLning 5-turida "Arsenal" (1:1) jamoasiga qarshi bahs olib bordi. Uchrashuvdan so‘ng "shaharliklar" ustozi Xosep Gvardiola matbuot anjumanida ishtirok etib, o‘z fikrlarini bildirdi.
Futbolchilarning kurashi haqida:
“Jamoamning chidamliligi va ruhiyati uchun bosh egaman. Biz o‘tgan hafta "Manchester Yunayted"ga qarshi o‘ynadik, keyin payshanba kuni Chempionlar ligasida "Napoli" bilan to‘qnash keldik va bugun har jihatdan juda kuchli raqibga qarshi bahs olib bordik. Agar pressing ishlamasa yoki o‘yinni qurishda samarali bo‘lolmasangiz, juda qiyin bo‘ladi. Menimcha, natija adolatli bo‘ldi. Bir oz achinish bor, chunki g‘alaba qozonish mumkin edi. Ammo umumiy hisobda "Arsenal" kuchliroq.”
Tig‘iz taqvim ta’siri haqida:
“Albatta, taqvim ta’sir qiladi. Jamoa ruhiyati kuchli bo‘lishi kerak, lekin bizda juda ko‘p charchoq va jarohatlar bor. Jon, Sherki, Ait-Nuri o‘ynay olmadi. Endi ustiga ustak Xusanov ham jarohat oldi.”
Nega pressing ishlamaganligi haqida:
“Bu juda oddiy, "Arsenal"yaxshiroq edi va biz juda charchagan edik. Bazan odamlar bu ish qanchalik qiyinligini tushunmaydi. Siz pressing uyushtirish uchun ruhiy jihatdan juda kuchli bo‘lishingiz kerak.”
Ikkinchi bo‘limda 5-4-1 taktikasiga o‘tish haqida:
“Odatda biz bunday taktikada o‘ynamaslikka harakat qilamiz. Lekin raqib kuchliroq bo‘lsa va biz chuqurroq himoyalansak, Erling Xolandning qarshi hujumlarda tez yugurishi bizga imkoniyat beradi. Bizning niyatimiz faqat himoyalanish emas, ammo qarshi hujumlarda doimo yaxshi bo‘lganmiz. Esingizdami, Leroy Sane va Raxim Sterling bo‘lganda qanday o‘ynardik? Yoki Kevin De Bryuyne bilan? Qarshi hujumlar doim o‘yin rejamizda bo‘lgan. Har doim to‘pni nazorat qilishning iloji yo‘q. Shuning uchun biz bir ochko oldik. Har doim o‘yindagi vaziyatga moslashishimiz kerak.”



Fikrlar