
Gvardiola: Bizni har doim "Enfild"da favorit deb hisoblashgan
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola "Liverpul"ga qarshi o‘yin oldidan uchrashuvda kim favorit ekanini aytdi.
"Bizni har doim "Enfild"da favorit deb hisoblashgan, lekin biz hech qachon g‘alaba qozonmaganmiz. Faqat bir marta, muxlislarsiz kechgan o‘yinni hisobga olmasak (2021 yilda 4:1 hisobida "Siti" g‘alaba qozongan). Albatta, biz g‘alaba uchun da’vogar emasmiz",-deb keltirdi City Report ispaniyalik mutaxassisning so‘zlarini.
Mersisaydliklar 12 ta turdan do‘ng turnir jadvalida peshqadamlik qilishmoqda. "Shaharliklar" bo‘lsa, APLning so‘ngi 3 ta turida mag‘lub bo‘lishdi. Agarda, Gvardiola shogirtlari "qizillar"ga mag‘lub bo‘lishsa, oradagi farq 11 ochkoga etadi.
Fikrlar