
Gvardiola: "Bizga 30 ta futbolchi kerak"
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola o‘yinlar ko‘pligi va muhim futbolchilarning jarohatlari haqida gapirdi.
"O‘tgan mavsumda Rodri 75 ta o‘yinda ishtirok etdi. O‘yinchilarga bir-ikki oy dam beringlar, keyin esa 80 ta o‘yin o‘tkazinglar. Keyingi mavsumda bizga 30 ta futbolchi kerak. Faqatgina "Chelsi" bu masalani hal qilgan",-dedi ispaniyalik mutaxassis.
"Shaharliklar" so‘ngi 11 ta uchrashuvdan 8 tasida mag‘lub bo‘lishgan. Gvardiola shogirdlari APLda 5-o‘rinda, Chempionlar ligasida esa, 22-pog‘onani egallab turishibdi.
Fikrlar