
"Gubernator kubogi"da Bobousmon Baturov qozog‘istonlik Aslanbek Shimbergenov bilan jang qildi
Boks bo‘yicha “Gubernator kubogi”i yarim finalining navbatdagi qiziqarli jangi - 69 kg vazn toifasida bo‘lib o‘tdi.
O‘ziga xos qarama-qarshilik hisoblanuvchi qozoq va o‘zbek boks maktabi vakillari hamyurtimiz Bobousmon Baturov hamda Aslanbek Shimbergenov o‘rtasidagi jang ham qiziqarli tus oldi.
Yakunda hakamlar qaroriga ko‘ra, qozog‘istonlik bokschi g‘alaba qozondi. Endi, u finalda mezbon Andrey Zamkavoy bilan turnir g‘olibligi uchun bahs yuritadi. Yurtdoshimiz esa, bronza medal bilan cheklandi.
Fikrlar