
Grizmann Frantsiya terma jamoasida rekord o‘rnatdi
Frantsiya terma jamoasi hujumchisi Antuan Grizmann bugun “JCh-2022” saralashidan o‘rin olgan Qozog‘istonga (0:2) qarshi o‘yinda ishtirok etdi.
Bu o‘yin "Barselona" hujumchisi uchun terma jamoa safidagi ketma-ket 45-o‘yin bo‘ldi. Shu tariqa Grizmann bu borada Frantsiya terma jamoasida rekord o‘rnatdi.
Aytish kerakki, avvalgi rekord Patrik Vieyraga tegishli edi. U Frantsiya terma jamoasida qatorasiga 44-ta o‘yinda ishtirok etgan.
Grizmann Frantsiya terma jamoasida shu paytgacha jami 87 ta o‘yinda maydonga tushdi va 34 ta golga mualliflik qildi.
Fikrlar