
Go‘zal Shakira oddiy futbolchini mashhur qildi
Argentina terma jamoasi safida 1986 yili jahon chempioni bo‘lgan Oskar Rujeri “Barselona” himoyachisi Pike haqida gapirdi.
- Pike – oddiy o‘rtamiyona darajadagi futbolchi. Uni qo‘shiqchi Shakira va jamoasi mashhur qildi. Agar u “Valensiya”da o‘ynaganida uni hech kim tanimas edi. U “Barselona”da himoyaviy funktsiyalarni yaxshi bajaradi, lekin oliy darajada emas, - dedi Rujeri.
Argentinalik sobiq futbolchining fikricha, dunyoning eng yaxshi himoyachisi “Real” sardori Serxio Ramos ekan.
Fikrlar