
Golli vaziyatlarni barbod qilishda “Yunayted” yulduzlari etakchi
Futbolda g‘alabani ta’minlovchi omil – gollar. Butun jamoa hujumchilarga golli vaziyatlar yaratib berishga urinadi.
Biroq ayrim hujumchilari jamoadoshlarining mehnatlarini puchga chiqarib qo‘ymoqda.
Statistika mutaxassislar 2023-2024 yilgi mavsumda Angliya Premer-ligasida qulay vaziyatlarni eng ko‘p barbod qilayotgan o‘yinchilarni aniqladi.
Yoan Vissa, “Brentford” – 29%
Yoan Vissa ettita vaziyatdan 2 tasidan foydalandi.
Tomash Souchek, “Vest Xem” – 29%
Tomash Souchekning samaradorligi tobora tushib bormoqda. U ham Vissa kabi ettita imkoniyatdan beshtasini qo‘ldan chiqardi.
Darvin Nunes, “Liverpul” – 23%
Liverpulliklarning qimmatbaho o‘yinchisi 13 ta qulay vaziyatdan o‘ntasidan foydalana olmadi.
Olli Uotkins, “Aston Villa” – 14%
Tajribali hujumchiga jamoadoshlari 14 ta golli vaziyat yaratib berishdi. Olli faqat ikkitasini darvoza to‘riga tushirdi.
Markus Reshford, “Manchester Yunayted” – 0%
O‘tgan mavsumda to‘purarlik qobiliyatini namoyish qilgan Markus bu gal oltita qulay vaziyatni barbod qildi.
Rasmus Xoylund, “Manchester Yunayted” – 0%
Katta umidlar bilan olib kelingan qimmatbaho hujumchi APLda gollar hisobini ochgani yo‘q. Gol urishi uchun jamoadoshlari uni sakkiz marta qulay pozitsiyaga olib chiqishgan edi.
Fikrlar