
Gollarga boy o‘tgan uchrashuvda Senegal Braziliyani taslim qildi. Manedan dubl!
Yana bir o‘rtoqlik o‘yini Braziliya - Senegal bahsi o‘z nihoyasiga etdi. Unda afrikaliklar 4:2 hisobida zafar quchdi.
Dastlab, Paketa hisobni ochgan bo‘lsa, 22-daqiqada Diallo imkoniyatlarni tenglashtirdi. Ikkinchi taym boshida "pentakampeonlar" 3 daqiqani ichida ikki marta o‘z darvozasidan to‘p olib chiqdi. 58-daqiqada esa Markinos hisobni qisqartirdi. Mane o‘yinga qo‘shib berilgan vaqtda yana o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi.
Shu tariqa, mazkur uchrashuvda Mane va uning do‘stlari g‘alaba qozondi.
Fikrlar