
Gollar "shodasi"! "Atalanta" "Salernitana"ni yanchib tashladi
A Seriya 18-turidan o‘rin olgan "Atalanta" - "Salernitana" bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda maydon egalari yirik 8:2 hisobida g‘alaba qozondi.
Qayd etish lozim, "Salernitana" darvozasini ushbu bahsda taniqli meksikalik darvozabon Ochoa qo‘riqladi, ammo u ham jamoasini yirik g‘alabadan qutqara olmadi.
Ayni vaqtda bergamoliklar A Seriya turnir jadvalida 34 ochko bilan 6-pog‘onani band etib turibdi. 18 ochkosi bor "Salernitana" 16-o‘rinni band etib turibdi.
Fikrlar