
Godin Ronalduning qilgan xarakati borasida: "Bu xurmatsizlik edi"
Italiyaning "Inter" klubi yangi ximoyachisi Diego Godin "Yuventus" to‘purari Krishtianu Ronaldu Evropa Chempionlar Ligasi 1/8 final bahsining javob o‘yinida("Yuventus" - "Atletiko" 3:0) qilgan xarakatini xurmatsizlik deb atadi.
ChLdan o‘rin olgan "Yuventus" - "Atletiko" bahsining javob o‘yinida Ronaldu xet-trik qayd etib, madridliklar ustozi Diego Simeonening xarakatlarini qaytargan edi.
"Simeone muxlislarning keskin xarakatlari uchun bu ishni qilgan edi. Ronalduning xarakati esa boshqacha edi. Bu odamlarga nisbatan xurmatsizlik edi," - dedi urugvaylik ximoyachi.
Shu qatorda 33 yoshli futbolchi Ronalduga qarshi qanday o‘ynash kerakligini ham aytib o‘tdi.
"Masala qandaydur texnika ko‘rsatishda emas, Masala konsetratsiyani ushlashda. 90 daqiqa davomida Ronalduni hatto 1 soniyaga ham e’tibordan qochirmaslik kerak. Sababi, gol urish uchun Krishga bu etarli," - deb so‘zlab berdi Godin.
Manba: Goal.com
Fikrlar