
Diego Godin "Atletiko"ga qaytmasligini aytdi
“Inter” himoyachisi Diego Godin yana “Atletiko”ga qaytishi mumkinligini inkor etdi. Gap shundaki, bundan avvalroq “matraschilar” bosh murabbiyi Diego Simeone jamoa himoyasi zaiflashgani bois Godinni ortga qaytarmoqchiligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
“Ko‘p odamlar bu haqda mendan so‘rashdi, lekin “Atletiko” endi ortda qoldi. Bu mening sportchilik faoliyatimdagi eng zo‘r davr bo‘lgan. Har holda hozircha shunday.
Mening “Atletiko”dagi vaqtim tugadi va men boshqa sahifani ochdim. Men futbolchi sifatida u erga boshqa qaytmayman, bu aniq. Lekin hamisha “Atletiko”ning muxlisi bo‘lib qolaman”, - deydi urugvaylik futbolchi.
Diego Godin 2019 yilning yozida “Inter”ga erkin agent sifatida ko‘chib o‘tgan edi.
Fikrlar