
Goal.com: Messi "Barselona"dan ketmoqchi emas, u klub rahbariyatidan norozi
"Barselona" forvardi Lionel Messining klubdagi kelajagi noma’lumligicha qolmoqda.
Cadena Ser radiosi argentinalik futbolchi 2021 yil yozida Kataloniyani tark etish niyatidaligini xabar qilgan edi.
Biroq Goal.com Messi "Barselona"dan ketishni rejalashtirmaganini, ammo klub boshqaruvidan norozi ekanligi haqida ma’lumot bermoqda.
Messining "Barselona" bilan shartnomani uzaytirish ishlari to‘xtab qolishiga klub prezidenti Jozep Bartomeuning siyosati sabab bo‘lgan deyilgan Goal.com xabarida.
Fikrlar