"G‘ijduvon" bosh murabbiyi: "Ospinani zaxirada o‘tirish uchun chaqirmaganmiz"

  • 5 mart, 2022, 20:23
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Buxoroning “G‘ijduvon” jamoasi bugun pro liganing dastlabki turida safarda “Yangier-Quruvchi” mehmoni bo‘ldi.

Tecno

Garchi “G‘ijduvon” uchrashuvda hisobni ochganiga qaramay, keyinchalik o‘z darvozasidan ikkita to‘p o‘tkazib, yakunda mag‘lubiyatga uchradi. Bellashuvdan so‘ng, “G‘ijduvon” bosh murabbiyi Bahodir Shoymardonov o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- Bugungi mag‘lubiyatga nima sabab bo‘ldi?

- Futbol borki, mag‘lubiyat bo‘ladi. Avvalo, 2022 yilgi futbol mavsumi boshlanganligi bilan hammani tabriklayman. Shu o‘rinda “Yangier” jamoasini ham g‘alaba bilan tabriklayman. O‘yinga kelsak, birinchidan, maydonning notekisligi bizga muammolar tug‘dirdi. Ikkinchidan, yomg‘ir yog‘ib turdi, bunday vaziyatni kutmagandik. Nima qilamiz, kamchiliklarimiz ustida ishlaymiz. Keyingi o‘yinlarda yaxshi natija ko‘rsatish uchun harakat qilamiz.

- Bu mavsumda “G‘ijduvon” jamoasi oldiga qanaqa vazifa qo‘yilgan?

- Bu yil rahbariyat tomonidan kuchli beshtalikka kirish vazifasi qo‘yilgan. Xudo xohlasa, ishonchni oqlaymiz.

- Jamoa safida uchta legioner bor. Ulardan biri maydonga tushdi, qolganlari...

- Uchinchi legionerimiz hali to‘liq ko‘rigimizdan o‘tmagan. Rikardo Mbasse biroz kechikkan holda keldi. Ikkinchi uchrashuvdan maydonga tushadi.

- Zaxirada kolumbiyalik Ospinani ko‘rdik. Nima, uni zaxirada o‘tirish uchun olib kelganmisizlar?

- Zaxirada o‘tirish uchun emas. Ospina yaqinda jarohatidan qutuldi. Optimal formaga kirgach, o‘zini ko‘rsatadi, degan umiddamiz.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!