
Germaniya terma jamoasining 2019 yildagi eng yaxshi futbolchisi e’lon qilindi
Germaniya futbol ittifoqi terma jamoaning o‘tgan 2019 yildagi eng yaxshi futbolchisini e’lon qildi.
Muxlislar o‘rtasida o‘tkazilgan ovoz berish jarayonlariga ko‘ra "Borussiya" Dortmund himoyachisi Mattias Ginter eng ko‘p ovoz to‘pladi va eng yaxshi deb topildi.
Ginterga 37% muxlis ovoz berdi. Bu boradagi kuchli uchlikdan esa Serj Gnabri ("Bavariya" 28,3%) va Yozua Kimmix ("Bavariya" 8,4%) joy oldi.
Ma’lumot uchun, Ginner 2019 yilda Germaniya terma jamoasi safida jami 6 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol hamda 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar