
Germaniya terma jamoasini boshqarish uchun asosiy da’vogar e’lon qilindi
Germaniya futbol ittifoqi (DFB) "Bavariya" ustozi Xans-Diter Flikni mamlakat terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlamoqchi. Bu haqda Bild nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, Flik “Evro-2020”dan so‘ng terma jamoadan ketishini ma’lum qilgan Yoaxim Lyov o‘rnini egallashi kutilayotgan nomzodlar orasida eng asosiysi hisoblanadi. Ammo Flikning "Bavariya" bilan 2023 yilga qadar tuzilgan amaldagi shartnomasi bunga imkon bermasligi mumkin.
Bundan avvalroq “Liverpul” bosh murabbiyi Yurgen Klopp ham hozircha terma jamoani boshqarish niyatida emasligini ma’lum qilgan edi.
Fikrlar