
Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi: Yaponiya bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazmoqchi edik, ammo endi
Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Xans-Diter Flik JCh-2022 qur’asidan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
Aytish kerakki, Bundestim mundialning guruh bosqichida Ispaniya va Yaponiya terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi. “E” guruhidan shuningdek, Kosta-Rika va Yangi Zelandiya terma jamoalari g‘olibi ham joy oladi.
"Bu oson bo‘lmaydi, lekin oldimizga katta maqsadlar qo‘yilgan. Hammamiz uchun yorqin, qiziqarli guruh. Biz o‘z imkoniyatimizni o‘tkazib yubormasligimiz kerak.
Yaponiya jahon chempionatida muntazam qatnashadi. Ushbu terma jamoaning ko‘pchilik futbolchilari Bundesligada to‘p suradi, demak ular yuqori mahoratga ega. Umuman olganda, biz Yaponiya bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazmoqchi edik, ammo endi, bu haqda gap bo‘lishi mumkin emas.
2006 yilgi jahon chempionatining ochilish o‘yinida Kosta-Rika bilan o‘ynaganmiz va o‘sha o‘yindan yoqimli xotiralar qolgan. Jamoalarning hech biri bir joyda turmaydi, hamma rivojlanmoqda, har kimning o‘ziga xos kuchli jihatlari bor. Biz esa ikkinchi bosqichga chiqishimiz shart”, - dedi germaniyalik mutaxassis.
Fikrlar