
Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi bo‘lish uchun asosiy nomzod ma’lum
Germaniya futbol assotsiatsiyasi (DFB) Yulian Nagelsmann bilan muzokaralarni boshladi.
"Sport1.de" xabariga ko‘ra, DFB "Bavariya"ning sobiq bosh murabbiyi bilan aloqa o‘rnatgan. Turli variantlar bo‘lishidan qat’i nazar, Yulian hamon "nemis mashinasi"ni boshqarish uchun asosiy da’vogar bo‘lib turibdi.
Qayd etilishicha, murabbiy Germaniyani boshqarishga qarshi emas. Sababi,u o‘z vatanida bo‘ladigan "Evro-2024"da terma jamoani boshqarish imkoniyatiga qiziqmoqda.
Fikrlar