
Germaniya - Shotlandiya: Uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi aniq
Germaniya "Evro-2024"ning birinchi turida Shotlandiyaga qarshi o‘ynab, yirik 5:1 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi Jamal Musiala, deb topildi.
"Bavariya"ning hujumkor yarim himoyachisi bitta gol urib, 32 ta aniq pas berdi va 5 ta muvaffaqiyatli dribling ishlatdi. Shu bilan birga, unga "Sofa Score" tomonidan 7,9 ball berildi.
Eslatib o‘tamiz, ikkinchi turda Germaniya Vengriya bildan kuch sinashadi.
Fikrlar