
Genrix Mxitaryan Armanistonning 9 karra eng yaxshi futbolchisi
Armaniston futbol federatsiyasining rasmiy tvitter sahifasi yilning eng yaxshi futbolchisi unvoni uchun o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalarini e’lon qildi.
Unda 109 ta ovoz bilan Armaniston terma jamasi sardori va "Roma" yarim himoyachisi Genrix Mxitaryan g‘olib bo‘ldi. U bu unvonni faoliyati davomida to‘qqizinchi marotaba (2009, 2011, 2012, 2013, 2014, 2015, 2016, 2017, 2019) qo‘lga kiritdi.
Ikkinchi o‘rinni "Xoffenxaym" forvardi Sarkis Adamyan (104) egallagan bo‘lsa, kuchli uchlikni "Astana" hujumchisi Tigran Barsegyan (61) yakunlab berdi.
Fikrlar