
Garet Beyl jarohat oldi
Marca nashri xabariga ko‘ra, "Real"ning uelslik vingeri Garet Beyl "Unionistas"ga qarshi Ispaniya Kubogi javob o‘yinida to‘pig‘idan jarohat oldi.
Eslatib o‘tamiz, futbolchi kecha oqshom bo‘lib o‘tgan o‘yinning 53-daqiqasida zahiraga olindi, uning o‘rniga Braxim Dias bahsni yakunlab qo‘ygan edi.
"Qaymoqrangliklar" ustozi Zindin Zidan esa futbolchining jiddiy jarohati yo‘qligini ta’kidlab o‘tgan edi. Biroq bugun uelslik tibbiy ko‘rikdan o‘tishi kerak, deyiladi manba xabarida.
Fikrlar