Galiulinning "Tosno"si Chernogoriya terma jamoasi himoyachisini o‘z safiga qo‘shib oldi

  • 1 yanvar, 2018, 20:55
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Hamyurtimiz Vagiz Galiulin to‘p suradigan Sankt-Peterburgning “Tosno” klubi o‘z safiga Chernogoriya terma jamoasi himoyachisi Nemanya Miyushkovichni qo‘shib oldi.

Tecno

Klub rasmiy saytining xabar berishicha “Tosno” 25 yoshli futbolchi bilan 2 yillik shartnoma imzolagan.

Aytish lozimki, Miyushkovich uchun Rossiya pemer-ligasi begona emas. Boisi, u faoliyati davomida Moskvaning "Dinamo" hamda Permning "Amkar" klublarida to‘p surgan. Uning so‘nggi jamoasi esa Qozog‘istonning “Taraz” jamoasi bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!