G‘alaba qozona olmayotgan “Barsa” rahbariyati Xavining ishiga baho berdi

  • 14 dekabr, 2021, 10:28
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona”ni qabul qilib olgan Xavi jamoani g‘alabalarga ilhomlantira olmayapti. Chempionlar ligasining pley-offiga chiqolmagan kataloniyaliklar La Ligada ham ochko yo‘qotmoqda.

Tecno

Shunga qaramay, klub xo‘jayinlari Xaviga ishonch bildirib, uni qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanini ma’lum qildi.

- Xavi jamoaning muvaffaqiyatiga ishonadi va bu ishonchni futbolchilarga singdirmoqda. Biz “Bavariya”ga yutqazdik, “Ossasuna” bilan o‘yinda ochko yo‘qotdik. Lekin “Barselona” o‘z murabbiyiga ishonadi. Biz Xavining ishlaridan qoniqyapmiz, - dedi klub prezidenti Joan Laporta.

"Barselona" 16 ta uchrashuvda 24 ochko jamg‘arib, musobaqa jadvalining 8-pog‘onasida bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!