
Fyodor Emelyanenkoning so‘nggi raqibi kim bo‘lishi mumkin?
Afsonaviy jangchi Fyodor Emelyanenko nihoyat Moskvadagi “Bellator” turniridan so‘ng, faoliyatini yakunlashi mumkin.
“Ha, Fyodorning so‘nggi jangini Moskvada o‘tkazishni rejalashtirmoqdamiz”, - dedi TASS nashriga tashkilot prezidenti Skot Koker.
Avvalroq, 43 yoshli Emelyanenko o‘zining navbatdagi jangini shu yil oxirida o‘tkazishi mumkinligi haqida xabar berilgandi. Uning raqibi UFC jangchisi va Fyodorning birinchi mag‘lubiyati sababchisi Fabritsio Verdum bo‘lish ehtimoli bor.
Ma’lumot uchun, Fyodor hisobida 39 g‘alaba va 6 mag‘lubiyat bor.
Fikrlar