Futzalchilarimiz "TOP"!

  • 13 sentabr, 2021, 00:34
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 5
  • Futbol
CHERY AUTO

Gvatemala bilan o‘yindan so‘ng, barchada turli xil fikr paydo bo‘ldi. Kimdir yigitlardan xafa bo‘lgan bo‘lsa, yana ba’zilar og‘ir mag‘lubiyat sababli tushkun kayfiyatda.

Tecno

To‘g‘risi, mundialning ilk o‘yinidan ko‘nglim to‘ldi. Kimgadir bu gapim g‘alati eshitilishi mumkin, ammo rost. Yigitlarga bugungi matonat, xa, parketdagi "jang" uchun alohida rahmat. Muxlislar bugungi alamli natijani og‘ir qabul qilgani rost, biroq tanganing ikkinchi tomoni borligi yodimizdan chiqib qolmoqda.

Bizda birorta futzal maktabi yo‘q ekanligidan xabaringiz bormi? Ichki chempionatimizdagi moliyaviy ahvoldanchi? Bir necha yil oldin ushbu sport yurtimizda to‘liq tugatilishiga oz qolganidanchi? O‘sha uzilishning asorati qay darajada ekanligidan-chi?

23ei3je23je

Kimdir turnir oldidan o‘tkazilgan o‘rtoqlik uchrashuvlarini pisanda qilishi mumkin, biroq hech qanday tizimsiz futzalimiz 7 oyda natija berishini kutish qanchalar adolatli? Turkmanistonda bo‘lib o‘tgan yopiq inshootlardagi bronza medaliga ega chiqqanimiz yodingizdami? O‘sha turnir oldidan futzalchilarimizga Yunusobod tumanidagi arenadan foydalanishga ham ruxsat berilmagan. 3-4 yil avval shunday og‘ir kunlarni boshdan o‘tkazganiga qaramay, futzalimiz fidoyilari bugun dunyoning eng kuchli terma jamoalari qatorida Litvaga tashrif buyurdi. Shuning o‘zi eng katta g‘alabamiz aslida.

Natija-chi, deysizmi? Agar hammani engib pley-offda to‘p surishni istasak, marhamat Qozog‘iston, Ozarbayjon, Rossiya singari janubiy amerikaliklarni termaga jalb etaylik! Ular kelishadi va millionlab dollarlar evaziga natija qilib beradi. Ishi bitgach, qopdagi pulni orqalab yurtiga jo‘nab qoladi. Bundan biz nima yutamiz? Hech narsa! Siz bugun so‘nggi soniyalargacha parketda kurash olib borgan o‘zimizning qorako‘z yigitlarni klubida oyiga 2-3 million so‘m evaziga to‘p surishidan xabaringiz bormi?

Aslida, mundialda ishtirok etishdan maqsad nima? Birlamchi vazifa ushbu sportning yurtimizdagi rivoji! Unga bo‘lgan, e’tiborning ortishi.

Shaxsan men bugungi o‘yin uchun yigitlarga minnatdorchilik bildiraman. Guruhda qolib ketishimiz, Gvatemalaga engilganimiz, so‘nggi daqiqada to‘p o‘tkazib yuborganimiz va boshqa ko‘plab omillar jamoamiz haqidagi fikringizga ta’sir qilmasin. Asosiysi, yigitlar ko‘zida yongan olov! qolgani "kopeyka"!

Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jaev

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Muzaffar Komilov
14/09/2021 08:47
Biz yutqazmas edik hatto yutar edik ham 1chi o‘yin hayajon va yaqindagina Portugaliyani yutgan jamoamiz uncha nomdor bolmagan jamoga qarshi chiqdi va ularni huddiki o‘yin boshida mensimadi va oddiy hollarda go‘llar o‘tkazdi o‘ziga kelib olguncha 3:1 bo‘lib ulgurdi Himoyadan o‘ynab shoshilmasdan o‘yinni asta nazoratiga olganda yutar edi ham yigitlarimiz yaxshi zo‘r lekin Futzalda kuchli jamolar ham himoyani o‘ylaydi himoyamiz yaxshi ko‘rdik Argentina Ispaniya Portugaliyalik lar bn o‘yinlarda Hammasi oldinda yigitlarikizga omad
&
Турсун Ғани
13/09/2021 23:23
Чуқур уҳҳҳ тортиб Ҳааа... демиз:
Tursunov Jasur
13/09/2021 06:27
Терма жамоимизга омад ёр булсин яхши уйин намоиш килиб беришди финалга чикамиз шу Темпда кетсак
Komil Habibulloh
13/09/2021 00:58
Ular jang qildi buni hamma ko'rdi.
&
Jumaniyoz
13/09/2021 00:54
Тоғри фикирлари ёзибсиз гап йўқ. Фудзалчиларимизга охиригача курашганлари учун алохида рахмат. РЕСПЕКТ