Futbolchimiz premer-liga klubi bilan muzokara boshladi!

  • 16 dekabr, 2022, 17:09
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston terma jamoasiga nomzod futbolchilardan Shahboz Umarov faoliyatini Qozog‘iston premer-ligasida o‘tkazishi kutilmoqda. 23 yoshli hujumkor o‘yinchi “Ordabasi” rahbariyati bilan yangi mavsum bo‘yicha muzokara o‘tkazmoqda.

Tecno

Bu haqda https://vesti.kz sayti xabar tarqatdi.

14754d3c5ba2c7af20342723b9287ed2_1

Aslida Shahboz Umarov Belarusning BATE klubi a’zosi hisoblanadi. O‘tgan mavsum boshlanishidan oldin iste’dodli futbolchimiz Borisov klubi bosh murabbiyi Aleksandr Mixaylov bilan janjallashib qolganidan keyin yarim mavsum davomida o‘yin amaliyotisiz qolib ketdi.

Qozog‘iston premer-ligasi vakili “Ordabasi” legionerimizni yarim mavsumga ijaraga oldi. Qo‘shni mamlakat chempionatida hamyurtimiz o‘zini yaxshi tomonlama ko‘rsata oldi. Dastlab, sport formasini tiklab olish uchun biroz vaqt sarflashiga to‘g‘ri keldi. Keyinchalik jamoa etakchilaridan biriga aylandi.

Shahboz Umarov “Ordabasi”da yarim mavsum davomida jami 15 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Premer-liga o‘yinlarida to‘qqizta uchrashuvda qatnashib, jamoadoshlariga uchta golli vaziyat yaratib berdi.

Shuningdek, Qozog‘iston kubogida oltita o‘yinda bitta assist qayd etdi. Shahboz Umarov jamoasi ushbu musobaqada bosh sovrin sohibi bo‘ldi. Legionerimiz bu yutuqqa munosib hissa qo‘shgani ahamiyatli.

Umuman olganda, Shahboz futbolchilik faoliyatida uchta mamlakat kubogini qo‘lga kiritdi. Dastlab, 2018 yili AGMK safida O‘zbekiston kubogi sohibi bo‘ldi. Belarus chempionatiga ko‘chib o‘tganidan keyin 2021 yili BATE tarkibida bu mamlakat kubogida g‘olib chiqdi. Nihoyat, Qozog‘iston kubogi Umarovning uchinchi sovrini sifatida qayd etildi.

“Ordabasi” Umarovni o‘z safida olib qolishi uchun bir necha to‘siqlarni engib o‘tishi kerak. Birinchi navbatda, klubga qo‘yilgan transfer ta’qiqini bartaraf etish talab  qilinadi. Undan keyin klub BATEdan o‘zbek futbolchisining shartnomasini to‘liq sotib olishi yoki borisovliklarni yana ijara bitimiga ko‘ndirishi lozim.

Joriy mavsum Belarus chempionatida oltin medalga da’vogarlik qila olmagan BATE rahbariyati Umarovga yana imkon berishni rejalashtirmoqda. Chunki futbolchimiz bilan mojarolashgan murabbiylar shtabi o‘zgarib ketganiga ancha bo‘ldi.

Shuning barobarida Qozog‘iston premer-ligasining boshqa klublari ham Shahboz Umarovni o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirayotgani haqida ma’lumotlar bor. “Ordabasi” ular bilan raqobatlashishiga to‘g‘ri keladi.

635e05c051b50

Shahboz Umarov 2021 yilning oktyabridan beri O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘yinchisi hisoblanadi. Bir necha pozitsiyalarda o‘ynay oladigan futbolchimiz shu kunga qadar terma safida to‘rt marotaba o‘yinga tushgan.

Umarov mamlakatimiz bosh jamoasi safida Iordaniya, Malayziya, Janubiy Sudan va Kamerun terma jamoalariga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvlarida to‘p  tepdi.

BATE bilan 2023 yilning 31 dekabriga qadar shartnomaga ega bo‘lgan Shahboz Umarov https://www.transfermarkt.world portali tomonidan 400 ming evroga baholanmoqda.

O‘zbek to‘purarini Polshada kutishyapti!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!