Futbolchini pichoqlagan jinoyatchi uzoq muddat qamoqda o‘tiradi

  • 21 sentabr, 2023, 06:51
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘tgan yili kuzda futbol jamoatchiligini larzaga solgan voqea yuz bergan edi. Londonning “Arsenal” klubi o‘yinchisi Pablo Mari pichoqlangandi.

Tecno

Bu mudhish voqea futbolchi ijara asosida Frantsiya chempionatida “Montsa” sharafini himoya qilayotgan paytda yuz bergan.

Noma’lum shaxs pichoq bilan bir necha odamga hujum qildi. Ular orasida Pablo Mari ham yaralandi. Futbolchidan tashqari yana to‘rt nafar yo‘lovchi jarohatlangan, keyinroq ulardan biri vafot etdi.

Qariyb bir yil davom etgan sud jarayoni yakunlandi. Unga ko‘ra, qotil halok bo‘lgan shaxsning otasiga 30 ming evro xun to‘laydi, yaralanganlarga 15 ming evrodan pul o‘tkazadi.

Bundan tashqari, qotil 19 yilu to‘rt oy qamoq jazosiga hukm qilindi.

Ayni paytda Pablo Mari futbolchilik faoliyatini davom ettirmoqda va "Montsa" futbolchisi hisoblanadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!