Futbolchi "Buxoro"ni tark etishi, nega "Mash’al"ni tanlagani, nima uchun Superligadan tushgan taklifni qabul qilmagani haqida ochiq aytdi

  • 19 iyul, 2022, 15:27
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Saytimiz orqali “Buxoro” klubida yuz berayotgan o‘zgarishlar haqida ma’umotlar berib boryapmiz. Klubni bir qator futbolchilar tark etdi. Ularning orasida yarim himoyachi Sobit Sindarov ham bor. 25 yoshli o‘yinchi Muborakning “Mash’al” jamoasiga ko‘chib o‘tgani ma’lum bo‘ldi.

Tecno

U mavsumning dastlabki qismida “Buxoro” safida pro ligada 13 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urdi. O‘zbekiston Kubogida esa 3 ta bellashuvda “Buxoro” sharafini himoya qildi. Futbolchi Sports.uz muxbirining savollariga javob berar ekan, klubdan ketishi va “Mash’al”ga o‘tishi sabablari haqida gapirdi.

- “Buxoro” bilan xayrlashganingizni eshitdik. Klubni tark etishingiz sababi nimada? Yoki o‘rtada ishonch yo‘qoldimi? Bilishimcha, “Mash’al”da ekansiz...

- Ketganim sababi, klub direktori bilan o‘rtamizda gaplashgan gaplar bor edi. Lafz bergandi, lekin bajarmadi. Shu sababli u erdan ketdim. Yil boshida ham “Mash’al” menga qiziqish bildirgandi. Faqat ulardan avval “Buxoro”dan taklif bo‘lgani uchun ularga so‘z berib qo‘ygandim. “Buxoro”ga qo‘shilganimdan keyin “Mashal”dan qo‘ng‘iroq qilishgan. Xullas, yuqoridagi sabab tufayli bu klubdan ketishga majbur bo‘ldim. Ammo “Buxoro”da menda hammasi yaxshi edi. Murabbiy ham menga ishonch bildirayotgandi. Shunchaki, direktor bilan kelisha olmadim.

- “Buxoro”da yarim yillik faoliyatingiz o‘zingizga yoqdimi? Natijalarni kutilganidek bo‘lmagani o‘z ta’sirini ko‘rsatdimi?

- Kollektiv yaxshi edi. Natijaga keladigan bo‘lsak, hali chempionat tugamagandi. Hammasi o‘z qo‘limizda edi. “Buxoro”da tarkib ham, o‘yinchilar ham yaxshi darajada edi.

sobit1

- “Buxoro”dan keyin balki sizni Superligada ko‘rarmiz, deb o‘ylagandik. Bu borada oldingizda variant bormidi?

- Superligadan ham variantim bor edi. Ammo “Mash’al”ni tanladim.

- Nega aynan “Mash’al”ni tanladingiz? Superligada to‘p surish qiziqroq emasmidi?

- “Mash’al” jamoasidan deyarli ikki yil qiziqish bo‘lgani sabab bo‘ldi. Shuning uchun muborakliklarni ko‘proq xohladim. O‘z navbatida bu klub ham meni ko‘proq istadi. Shularni hisobga olib “Mash’al”ga kelishga qaror qildim.

- Superligadan qaysi klublar taklif bilan chiqishgandi?

- Ko‘proq “Surxon”dan qiziqish bo‘ldi.

sobit

- Demak, “Mash’al”ni “Surxon”dan afzal ko‘rdingiz va endi u erda qanday maqsadni o‘z oldingizga qo‘yyapsiz?

- Xudo xohlasa, peshqadamlikni qo‘lga kiritib, Superligaga chiqmoqchimiz.

- “Buxoro”da yarim yil to‘p surib nimanidir xato qildim, degan xayolga berilmadingizmi? U erda sizga yoqqan va yoqmagan jihatlar nimada bo‘ldi?

- “Buxoro” jamoasida hammasi yaxshi edi. Qo‘limdan kelganicha klubga yordam berdim.

sobit2_1

- Pro ligada raqobat kuchli. “Mash’al” bilan elitaga qaytishga qanchalik ishonyapsiz?

- Jamoaga 100 foiz ishonaman. Hamma narsa Xudodan. Qo‘limizdan kelganicha harakat qilamiz. 100 foiz Superligaga chiqamiz desam noto‘g‘ri bo‘ladi. Yana qaytaraman: barchasi Xudodan.

- “Mash’al”ni “Buxoro”dan farqi nimada?

- Farqi sharoiti bo‘yicha. “Mash’al”da hamma narsa tartibli yo‘lga qo‘yilgan. Ishlar reja bo‘yicha bo‘ladi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!