Futbolchi besh oyga futboldan chetlatildi

  • 14 sentabr, 2023, 11:32
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Nottingem Forest” jamoasi himoyachisi Harri Toffolo sport o‘yinlariga pul tikib, qimorda qatnashgani uchun besh oy muddatga futboldan chetlatildi.

Tecno

Bu haqda Angliya futbol uyushmasi rasmiy ma’lumot tarqatdi.

Manbaga ko‘ra, Toffoloning o‘zi 2014-2017 yillarda pul tikilgan 375 ta holat bo‘yicha o‘z aybini tan olgan.

28 yoshli futbolchi aslida “Norvich” jamoasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Professional faoliyati davomida Angliyaning turli ligalarida bir necha jamoa sharafini himoya qilgan.

“Nottingem Forest” bir yil muqaddam Toffoloni “Xaddersfild”dan 2,4 million evroga transfer qilgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!