Futbol tarixidagi eng yaxshi himoyachilar ro‘yxati tuzildi

  • 9 dekabr, 2024, 14:19
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Give Me Sport portali tahlilchilari dunyo futboli tarixidagi eng yaxshi himoyachilar reytingini taqdim etdilar. Reytingning birinchi o‘rnini Germaniya terma jamoasi va Myunxenning "Bavariya" klubi sobiq futbolchisi, afsonaviy himoyachi Frants Bekkenbauer egalladi.  

Tecno

Ikkinchi o‘rinda Italiya terma jamoasi va "Milan" klubi safida o‘ynagan himoyachi Paolo Maldini joylashgan. Uchinchi o‘rinni esa yana bir "Milan" afsonasi, Franko Barezi egalladi.  

Reytingning eng kuchli o‘ntaligiga Bobbi Mur, Gaetano Shirea, Alessandro Nesta, Markos Kafu, Serxio Ramos, Karlos Alberto va Fabio Kannavarolar kirishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!