
Futbol tarixidagi eng yaxshi darvozabon kim bo‘ladi?
Rossiyalik afsonaviy darvozabon Lev Yashin futbol tarixidagi eng yaxshi posbon bo‘lishi mumkin.
Dunyoga mashhur France Football nashri Yashinni tarixdagi eng yaxshi darvozabon nomiga da’vogarlarning kuchli o‘nligiga kiritdi.
Levdan tashqari ushbu ro‘yxatdan Janluiji Buffon (Italiya), Manuel Noyer (Germaniya), Dino Dzoff (Italiya), Edvin van der Sar (Niderlandiya), Peter Shmeyxel (Daniya), Toma N’Kono (Kamerun), Zepp Mayer (Germaniya), Iker Kasilyas (Ispaniya) va Gordon Benks (Angliya) joy olgan.
G‘olib nomi dunyoning eng etakchi 177 ta jurnalisti orasida o‘tkaziladigan so‘rovnomaga ko‘ra aniqlanadi.
Fikrlar