
Frenki de Yong “Barsa”dan ketishga tayyor. Faqat...
Bir necha oydan beri "Barselona" yarim himoyachisi Frenki de Yong Kataloniya klubini tark etishi borasidagi “doston” davom etmoqda. “Ko‘k-anorranglilar” futbolchini sotishga qarshi emas, ammo futbolchi jamoani tark etishni istamayapti. Biroq “Mundo Deportivo” nashri xabariga ko‘ra, niderlandiyalik yarim himoyachi ketishga rozi bo‘lgan, faqat o‘zi istagan ikkita klubdan taklif bo‘lsa, Kataloniyani tark etadi.
Ispaniyalik jurnalistlarning yozishicha, Frenki MYu taklifini rad etgan. Futbolchi faqatgina "Bavariya" yoki Londonning "Chelsi" klublaridan biriga transfer qilishiga rozi bo‘lgan.
Gollandiyalikning "ko‘k-anorranglilar" bilan shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar amal qiladi. Yarim himoyachining transfer narxi 60 million evroni tashkil qiladi. De Yong “Barsa”da haftasiga 560 000 evro maosh oladi va jamoaning eng ko‘p pul ishlab topadigan futbolchisi hisoblanadi.
Fikrlar